Maktab o‘quvchisi tajriba vaqtida tasodifan ilmiy kashfiyot qildi
Bu qiziq
−
09 fevral 16409 1 daqiqa
Moskva viloyatiga qarashli Pushino shahridan bo‘lgan 11-sinf o‘quvchisi maktabda laboratoriya mashg‘uloti vaqtida tasodifan muhim ilmiy kashfiyotga duch keldi. Bu haqda “MK” xabar berdi.
Nikolay Ulikov laboratoriyada zamburug‘lar bilan ishlash jarayonida o‘simliklarda mog‘or va boshqa zamburug‘larning o‘sishini to‘xtata oladigan bakterial shtammni aniqlagan. Dars davomida u va boshqa o‘quvchilar Petri kosalarida tipratikan qo‘ziqorinini yetishtirishga harakat qilishgan. Qo‘ziqorin yovvoyi tabiatdan olingani sababli u bilan birga muhitga begona mikroorganizmlar ham tushgan.
Bir muddat o‘tgach, Ulikov Petri kosasida o‘ziga xos “halo”, ya’ni steril halqa bilan o‘ralgan kichik bakterial koloniyani payqagan. Mazkur hududda ushbu koloniya atrofida boshqa mikroorganizmlar o‘smagan.
Keyingi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, aniqlangan bakterial shtamm zamburug‘lar o‘sishini bostiruvchi modda ajratib chiqaradi. Aynan shu modda koloniya atrofida steril zona hosil qilgan.
Ulikovning aytishicha, topilma aniq zamburug‘ga qarshi xususiyatga ega bo‘lib, kelgusidagi ilmiy tadqiqotlar uchun katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Bunday bakteriyalardan qishloq xo‘jaligida ekinlarni zamburug‘li kasalliklardan himoya qilishda, og‘ir kimyoviy vositalardan foydalanmasdan turib samarali foydalanish ehtimoli bor.