Andijonda fuqaro “samosud” qilindi. IIB izoh berdi

Jamiyat

image

2020 yil 22 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi Dexqon bozori yonida qoida buzgan avtomobillarni suratga olib yurgani aytilgan fuqaroning “samosud” qilingani videosi tarqaldi. Ushbu videotasvirdagi barcha holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, 2020 yilning 22 dekabr kuni soat 11:00 larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro N.Q Jalaquduq tumani markazida joylashgan “Dehqon bozori”ga mevalar narx-navosini bilish uchun kelib, bozorni fotosuratga olayotgan vaqtida bir guruh fuqarolar N.Q. ni boshqa maqsadda suratga olyapti, deb o‘ylab, jamoat joyida turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Ushbu holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB XPB ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika katta inspektori tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijada quyidagilar aniqlangan:

Fuqarolar A.D., M.R., A.A., J.Z., va Q.D. lar jamoat joyida turli haqoratli so‘zlar bilan baqir-chaqir qilganligi uchun ularning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi bois, to‘plangan hujjatlar chora ko‘rish uchun Jalaquduq tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

2020 yil 25 dekabr kuni ma’muriy ish sudda ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

789

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing