Andijonda qalbaki ikki ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
18 yanvar
3779Andijonda soxta dollarlarni pullayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Unga ko‘ra, departament va DXX Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqarolar J.R. va F.O. qalbaki 2 000 dollarni fuqaro G.K.ga 20 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 18 dona 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni berib, evaziga 1 200 AQSH dollari va 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Andijonda qalbaki 100 mln so‘mni sotayotgan shaxslar ushlangandi.
LiveBarchasi