Andijonda qalbaki 100 mln so‘mni sotayotgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Andijonda 2 000 dona qalbaki banknotalarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lib, 57 million so‘mga sotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Asaka tumanida A.A., X.R. va boshqalar qalbaki banknotalarni muomalag kiritish maqsadida oldindan til biriktirib,  A.K. va X.N. ismli fuqarolarga 2 000 dona qalbaki 50 000 so‘mlik (jami 100 mln so‘m) kupyuralarni 57 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing