Jizzaxda qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotayotgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
10 dekabr
3888Jizzax viloyatida qalbaki pullarni mo‘maygina summaga pullayotgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bildirilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyatida yashovchi 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qalbaki 998 mln 740 ming so‘m pulni Jizzax viloyatida 27 200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxslardan olingan 200, 100 va 20 ming so‘mlik kupyuralar ko‘rinishidagi qalbaki banknotlar purkagichli printer yordamida chop etilganligi ma’lum bo‘lgan.
“Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Chust tumanida qalbaki AQSH dollarini haqiqiy dollarga sotgan fuqaro qo‘lga olingandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi