Turkiyaning soxta pasporti va “prava”sini sotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki xorijiy davlat fuqaroligi pasportlarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida Marg‘ilon shahrida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan shaxs Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 1990, 1997, 1999 va 2003 yillarda tug‘ilgan 4 nafar tanishi bilan til biriktirib, qalbaki Turkiya Respublikasi fuqaroligi pasporti va haydovchilik guvohnomasini mijozga 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Ulardan jami 11 ta mobil telefon va 2 ta noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bildirilishicha, hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing