Andijonda institut talabasi yotoqxona hojatxonasida o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 6 avgust kuni Andijon mashinasozlik institutining 2-bosqich talabasi mazkur oliy ta’lim muassasasining talabalar yotoqxonasi hojatxonasida o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR’UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida tug‘ilgan 23 yoshli D.Q. Andijon mashinasozlik institutining logistika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi bo‘lgan. U joriy yilning 5 avgust kuni institutning talabalar yotoqxonasiga kelgan va o‘sha kuni yotoqxonada tunab qolgan. Ertasi kuni soat taxminan 09:30 da yotoqxonaning hojatxonasi eshigiga kabel simidan sirtmoq yasab, o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

D.Q.ning o‘z joniga qasd qilgani holati bo‘yicha o‘lim sababini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy hamda sud-biologik ekspertizasi tayinlangan.

Xabarga ko‘ra, shahar prokuraturasi tomonidan D.Q.ning o‘z joniga qasd qilishi sabablari aniqlanmoqda. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilyapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Filologiya (ingliz) fakulteti 2-bosqich talabasi Namangan viloyati, Turaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan B.F. oliy ta’lim muassasasi ma’muriy binosining 4-qavatida joylashgan ma’ruzalar xonasining deraza-oynasidan o‘zini yerga tashlab, o‘z joniga qasd qilib, voqea joyida vafot etgan edi. 

Olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari natijasiga ko‘ra, joriy yil 28 may kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing