Andijonda go‘rkov tuproq ostida qoldi
Jamiyat
−
15 may
32983Bugun, 15 may kuni Andijon viloyatining Xonobod shahrida qabr qaziyotgan go‘rkovni tuproq bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun soat 9:11 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonobod shahar Markaziy qabristonida fuqaroni qabr qazish vaqtida tuproq bosib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan.
Maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilgan.
“Tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazorati ostida”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Uchtepada 3 kishini tuproq bosib qolgandi.
LiveBarchasi