Andijonda “Gashish” giyohvand moddasini sotayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
24 yanvar 2023
4872Andijon shahrida2,09 gramm miqdoridagi “Gashish” giyohvand moddasini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Joriy yilning 21 yanvar kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda Andijon shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIOFMB) xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi A.E xolis xaridorga 2,09 gramm “Gashish” giyohvand moddasini 570 000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi” deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda giyohvand moddalar sotgan shaxs kaltaklangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi