Andijonda fuqarolarni “uxlatgan” “UzAutoMotors” xodimimi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Andijonda firibgar o‘zini “UzAutoMotors” ning xodimi deb tanishtirib, fuqarolarni chuv tushirgan. Bu xaqda  Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Malum qilinishicha, Andijon viloyatining Asaka tumanidagi Qadriyat mahallasida yashovchi 29 yoshli Ya.Akmalbek, fuqarolar 49 yoshli Sh.Nazirjon, 54 yoshli X.Solijon, 45 yoshli S.Furqat, 41 yoshli S.Sherzod va boshqalarga o‘zini “UzAutoMotors” AJning kadrlar bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirgan. Shundan so‘ng, ularga va qarindoshlariga “GM-Uzbekiston” avtomobil zavodiga haydovchilikka ishga kiritib qo‘yish va imtiyozli to‘lovlar asosida avtomashina olib berishni va’da qilgan.
 
Malum bo‘lishicha, Ya.Akmalbek 2020 yil may oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan vaqtda ushbu fuqarolardan jami 21 100 AQSH dollar va 760 000 so‘m pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ya.Akmalbekka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, tergov harakatlari davomida, Ya.Akmalbek hech qayerda ishlamasligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UzAutoMotors GM-Uzbekiston

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing