Andijonda er xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi (video)
3-sahifa
−
03 avgust
19002Andijonda er xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 1 avgust kuni soat 08:30 larda Paxtaobod tumanida sodir bo‘lgan. Shu tumanda yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan A.N. oilaviy kelishmovchilik sabab turmush o‘rtog‘i va qaynonasi bilan o‘zaro janjallashib, ikkalasiga temir jism bilan tan jarohati yetkazgan. Olingan tan jarohatlari oqibatida qaynona voqea joyida, turmush o‘rtog‘i esa shifoxonada vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida mashina sotuvini e’lon qilgan yigit mijozning puliga ega chiqish uchun unga suiqasd qilgandi.
LiveBarchasi