Andijonda deputatni daxlsizlikdan mahrum qilmoqchi bo‘lgan prokuror ishdan ketdi
Jamiyat
−
22 may 2021
9891Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 17 may kuni halq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida deputat Sh.K.ni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqishda, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ayrim deputatlarni tintuv qilayotganligi holati aks etilgan fotosuratlar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021 yil 21 may kungi buyrug‘i bilan Andijon shahar prokurori lavozimida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Qurbonali Asqarov o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan lavozimidan ozod etildi.
Qayd etilishicha, Asqarovning lavozimidan ozod etilishi xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ro‘y bergan holatlar bilan bog‘liq emas.
Avvalroq Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdagi sessiyasida bir guruh deputatlar tintuv qilingani haqida xabar berilgandi. Milliy gvardiya e’tirozlarga sabab bo‘lgan holatga munosabat bildirib, deputatlar Andijon shahar hokimining topshirig‘iga asosan tintilganini ma’lum qildi.
Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha Adliya vazirligi ham taqdimnoma kiritdi. Keyinchalik Bosh prokuratura ushbu vaziyatga o‘z bayonoti bilan oydinlik kiritdi.
LiveBarchasi