Andijonda Damas kanalga tushib ketdi (video)
Jamiyat
−
23 may 2024 12736 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida Damas rusumli avtomobilni kran kanaldan chiqarib olayotgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ ushbu voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Andijon Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan bog‘landi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 21 may kuni tunda sodir bo‘lgan. Harakatlanib ketayotgan Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va Ulug‘nor kanaliga tushib ketgan. Avtomobil ichida haydovchidan tashqari yana bir yo‘lovchi bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar xodimlari bugun, 23 may kuni bir yo‘lovchini topishga muvaffaq bo‘lgan, boshqasi esa cho‘kib ketgan.
“Voqea yuzasidan qidiruv ishlari davom etmoqda. Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi”, deydi FVB xodimi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra avtomashinasi TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025