Andijonda Damas haydovchisi 32 nafar bolani olib ketayotgani aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida Damas haydovchisi 32 nafar bolani olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon tumani hududida Damas avtotransport vositasining haydovchisi odam tashish qoidasini buzib, jami 32 nafar bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib ketayotgan holati YPX inspektori tomonidan aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori tomonidan qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida ichida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bo‘lgan Damas avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Damas 32 nafar bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made