Andijonda Chery maktab o‘quvchisini urib yubordi (video)
3-sahifa
−
17:28 710 1 daqiqa
Bugun, 13 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida Chery piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgani va haydovchi voqea joyidan ketib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzsidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi soat 12:30 larda Andijon shahar Shabnam ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1957 yilda tug‘ilgan T.U. Chery Tiggo 8 Pro rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi qarshisidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida haydovchi hamda unga tegishli avtomashina topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi hodisa joyidan ketib qolmagan. U boshqa transport vositalari harakatiga xalaqit bermaslik maqsadida avtomashinani xavfsiz joyga to‘xtatgan. Shundan so‘ng, YPX xodimi yetib kelgach, u bilan birgalikda jabrlangan piyodaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Andijon shahridagi shoshilinch tibbiy yordam muassasasiga olib borilgan. Keyinchalik avtomashina belgilangan tartibda jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Cobalt skuterni urib yuborishi oqibatida buvi va uning nevarasi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi