Chery 7 örindiqli Tiggo 8 Hybrid krossoveri uçun 5 yilgaça foizsiz muddatli tölov dasturini taqdim etdi
Biznes
−
10:05 1453 4 daqiqa
Keng, tejamkor va zamonaviy oilaviy krossoverni xarid qilişni keyinga qoldirişni istamaydigan avtomobil işqibozlari uçun ajoyib imkoniyat paydo böldi. Endi gibrid Chery Tiggo 8 Hybrid egasi böliş ança oson va qulay. Chery brendining rasmiy distribyutori “Ipoteka-bank” ATIB bilan hamkorlikda moliyaviy dasturni işga tuşirdi.
Uşbu taşabbus doirasida xaridorlar tegişli boşlanğiç tölovni tanlagan holda 7 örindiqli gibridli krossoverni yillik 0% stavkasi bilan 60 oygaça (5 yilgaça) muddatli tölov asosida xarid qilişlari mumkin.
Qulaylik va tejamkorlikning yangi darajasi
Chery Tiggo 8 Hybrid 1.5 litrli benzinli turbo-dvigatel va qudratli elektr dvigatelni birlaştiradi. Modelning asosiy xususiyatlari uni şahar şaroitidagi kundalik foydalaniş uçun ham, uzoq oilaviy sayohatlar uçun ham ajoyib tanlovga aylantiradi:
- Hayratlanarli yöl bosiş zaxira masofasi va dinamika: umumiy yöl bosiş zaxira masofasi 1200 km gaça (elektr tortiş kuçi yordamida 95 km gaça), 100 km/soatgaça 8,5 soniyada tezlaniş va 100 km masofaga 5,2 litrdan boşlanadigan yonilği sarfi;
- Keng 7 örindiqli salon: eko-çarm bilan qoplangan uç qator örindiq, panoramali tom, N95 havo filtratsiyasiga ega ikki hududli iqlim nazorati, old örindiqlarning ventilyatsiyalaş tizimi va töliq qişki isitiş töplami;
- Zamonaviy multimedia tizimi: 15,6 dyuymli katta sensorli displey, özbek va rus tillarida 10,25 dyuymli raqamli qurilmalar paneli, simsiz Apple CarPlay va Android Auto, şuningdek SONY audio tizimi;
- Kompleks xavfsizlik tizimlari: 6 dona xavfsizlik yostiqçasi, doira böylab köriş tizimi, avtoturargohga joylaştiriş datçiklari va avtomobil haydaşda intellektual yordamçilar kompleksi.
Muddatli tölov böyiça individual reja tanlaş
Chery Uzbekistan Tiggo 8 Hybrid Luxury komplektatsiyasi (dastur böyiça narxi 404 900 000 söm) uçun 12 oydan 60 oygaça bölgan muddatlarga 30% dan 60% gaça boşlanğiç tölov bilan batafsil tölov hisob-kitoblarini taqdim etdi. Tanlangan boşlanğiç tölov miqdoriga qarab xaridorlarga 2,7 mln sömdan boşlab oylik tölov taklif etiladi. Avtomobilning bölajak egalariga maqbul tölov miqdori va muddatini tanlaş uçun jadvaldagi mavjud variantlarni körib çiqiş tavsiya etiladi.
.png)
* Xizmat körsatuvçi bank-hamkor: “Ipoteka-bank” ATIB (Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 25 dekabrdagi 74-sonli litsenziyasi).
* Avtomobil suğurtasini rasmiylaştiriş majburiy şart hisoblanadi. Suğurta şartlari hamkor bank tomonidan belgilanadi.
Töğridan-töğri xarid qilişda maxsus taklif amal qiladi: Luxury komplektatsiyasining narxi 374 900 000 söm, Premium komplektatsiyasining narxi esa 394 900 000 sömni taşkil etadi. Krossover uçun 7 yil yoki 200 000 km yöl bosiş masofasiga (batareya uçun esa 8 yil yoki 160 000 km) kafolat amal qiladi.
Chery rasmiy dilerlik markazlari barça xohlovçilarni test-drayvdan ötişga, şuningdek, yangi moliyalaştiriş dasturi böyiça batafsil individual tölov hisob-kitoblarini olişga taklif qiladi.
Muhim ma’lumot
Uşbu material faqat axborot beriş uçun möljallangan bölib, ommaviy oferta hisoblanmaydi. Körsatilgan pullar miqdori taxminiy hisoblanadi. Moliyalaştirişning yakuniy şartlari rasmiylaştiriş hududi, bankning joriy tariflari, kredit skoringi natijalari, daromadni tasdiqlaş usuli va tanlangan parametrlarni hisobga olgan holda qat’iy tarzda individual şakllantiriladi. Qiymat qöşimça çegirmalarsiz bazaviy narxdan hisoblanadi. Xarid qilinayotgan avtomobilni suğurtalaş dasturda iştirok etişning majburiy şarti hisoblanadi, bunda suğurta qiymati tanlangan muddatdan kelib çiqib hisoblanadi va boşlanğiç tölovga kiritiladi. Dastur “Ipoteka-bank” ATIB bilan hamkorlikda amalga oşirildi.
MOLIYAVIY MAHSULOT BÖYIÇA MAJBURIYATLARNI BAJARMASLIK ISTE’MOLÇI UÇUN MOLIYAVIY XATARLARNI KELTIRIB ÇIQARIŞI MUMKIN.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Call center: +998 71 276 55 55
Veb-sayt: cheryauto.uz
Telegram-kanal: cheryuzbekistan
Telegram-bot: cheryuzbekistanbot
Instagram: cheryuzbekistan
Facebook: CheryUzbekistan
YouTube: cheryuzbekistan
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi