Andijonda bog‘cha opa avval ikki bolani urishtirib, keyin o‘zi ham ularni kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi bog‘chada tarbiyachi bolani kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 20 may kuni Andijon viloyati IIB ga 1986 yilda tug‘ilgan O‘.X. (erkak) murojaat qilib, 18 may kuni 2019 yilda tug‘ilgan farzandi M.A. (o‘g‘il bola) Andijon shahrida joylashgan nodavlat ta’lim muassasasining tarbiyachisi F.G‘. farzandining yuziga bir necha bor tarsaki urganini aytgan.

Hozirda tarbiyachining harakatlari yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu holat Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingani va o‘rganish ishlariga olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorazmda yosh bolalarning yuziga tarsaki tushirgan bog‘cha opa ishdan bo‘shatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon tarbiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made