Andijonda attraksion qulab tushdi. Jarohatlanganlar bor (video)

Jamiyat

image

Kecha, 26 aprel kuni Andijon viloyatida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘ida attraksion zanjiri uzilib, qulab tushdi va oqibatda 2 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, attraksionning temir konstruksiyasida sinish sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro yengil tan jarohati olgan va ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa, kamida 7 kishi jarohatlangani aytilmoqda. Tarqalgan videolarda baxtsiz hodisadan keyin attraksion parchalari yerda sochilib yotgani aks etgan.

Ba’zi tarmoq foydalanuvchilari attraksionlarning aksariyati texnik tekshiruvdan o‘tkazilmagani haqida fikr bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida 16 yoshli qiz ziplayndan tushib ketgandi. Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Pop tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon attraktsion jarohatlandi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing