Andijonda 7 yoshli bola 40 metrli quduqqa tushib ketdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 16 may kuni Andijon viloyatida 40 metrli quduqqa tushib ketgan 7 yoshli bola qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 11:00 da Andijon Qo‘rg‘ontepa tumani “Ibn Sino” MFY Maktab ko‘chasida joylashgan uylarning biri hovlisidagi chuqurligi 40 metr, diametri 90 sm bo‘lgan suvsiz, hozirda foydalanishda bo‘lmagan quduqqa uy egasining 7 yoshli o‘g‘li ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan, uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab  FVBga murojaat qilingan.

Aytilgan manzilga zudlik bilan FVB qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar va anjomlar yordamida olib borilgan qutqarish ishlari natijasida bola quduqdan sog‘-salomat chiqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan 28-maktabning 3-sinf o‘quvchisi quduqqa tushib ketib, vafot etgandi. Uni qutqarishga uringan maktab qorovuli ham mazkur quduqqa tushib ketib, ahvoli og‘irlashib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Qo'rg'ontepa quduq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing