Andijonda 47 ta g‘alla maydoniga o‘t qo‘ygan shaxslar jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 47 ta g‘alla maydoniga o‘t qo‘ygan shaxslar jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirida ogohlantirishlarga qaramay Izboskan tumanidagi g‘alladan bo‘shagan 47 ta maydon yoqib yuborilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan 35 nafar huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi (Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik. ) 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari – 34 million so‘m miqdorida jarima belgilangan. 

“Yuqoridagi holatlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan tabiatga 107  million 655 ming so‘m zarar yetkazgan. Mansabdorlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan to‘plangan hujjatlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasi 3-qismi talablariga asosan  qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudiga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan 2024 yilning iyul oyiga qadar respublikadagi jami 23 ming 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1 ming 960 ta holat aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon g'alla maydoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing