Andijonda yirik miqdordagi pulni o‘zlashtirgan “Xalq banki” xodimiga jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Andijonda xizmat vazifasidan foydalanib bankomatlardan 345,5 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank mutaxassisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” tuman filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Natijada bankning bosh mutaxassisi Z.I. 2020 yilning dekabr va joriy yilning yanvar oyida tuman dehqon bozorida o‘rnatilgan bankomatlardan jami 345,5 mln so‘m naqd pulni olishga erishib, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, o‘zining ixtiyorida bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xalq banki

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing