“Xalq banki”da yana firibgarlik sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
12 avgust 9905 1 daqiqa
“Xalq banki”ning Namangan viloyati mintaqaviy markazi yollanma xodimi bankning dasturiy ta’minotiga noqonuniy kirgan holda, bank hisobidagi 9,5 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirib oldi. Bu haqda bankning matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea joriy yilning aprel oyida sodir bo‘lgan. Noqonuniy holat bankning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat qilingan.
“Hozirda ushbu ishga aloqador bo‘lgan shaxslarga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AT “Xalq banki” Qo‘qon universal bank xizmatlari markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgandi.
Live
Barchasi