Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Farg‘onada Xalq banki mansabdorlari moddiy yordam pullarini “yeb yubordi”

3-sahifa

image

AT “Xalq banki” Qo‘qon universal bank xizmatlari markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, markazning mansabdor shaxslari hamda boshqalar oldindan til biriktirib, bank dasturiy ta’minoti IABS’dagi markazning ikki nafar xodimiga biriktirilgan login va parol orqali 68 nafar fuqarolarning xabarisiz va ishtirokisiz ularning nomiga bank kartalarini ochib, bank kartalarida harakatsiz turgan 104 mln so‘m moddiy yordam va nafaqa pullarini bankomatlar orqali naqdlashtirilib, o‘zlashtirib yuborilgani aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida profilaktika inspektori aqli noraso keksaning uyini o‘zlashtirib, xotiniga hadya qilgan edi. Nukus shahar sudi sudyasi uni Jinoyat kodeksining 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topib, 2 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilgan holda, 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xalq banki moddiy yordam mansabdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing