Ramz ortidagi ma’no: Xalq banki logotipi qanday mazmunga ega?
Biznes
−
09 Sentabr 2025 12446 2 daqiqa
Odatda, ko‘pchiligimiz logotiplarni oddiy tasvir deb o‘ylaymiz. Ammo logotip bu tashkilotning hikoyasi, uning qadriyatlari va tarixini ifoda etadigan belgi.
Xalq banki logotipi ham o‘z shakli, ranglari orqali milliy ildizlarni, ishonch va kelajakka intilishni ifodalaydi. Quyida bank logotipining yaratilish tarixi, o‘tgan yillar davomidagi o‘zgarishlar va bugungi qiyofasi mazmuni haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
2019 yil: Tarix va qadriyat uyg‘unligi
Shu yili bank logotipi yangi – uchta egri chiziqdan iborat shakl kasb etdi. Bu bir qaraganda oddiy ko‘rinishi mumkin, lekin aslida ular – osmon, yer va suv ramzlarini ifodalaydi. Bu elementlar Amir Temur tamg‘asidagi naqshlardan ilhomlangan holda yaratilgan. Shu bilan birga, inson qiyofasini ham eslatadi. Bu bejiz emas: logotip bankning asosiy tamoyilini – xalq bilan yonma-yon ekanligini ifodalaydi.
2023 yilda logotip takomillashtirilib, yanada zamonaviy qiyofa aks etdi. Oltin rang o‘rnini oq va to‘q zangori rang egalladi. Ular rivojlanish, barqarorlik va ochiqlik ramzi sifatida tanlandi. “Since 1875” yozuvi esa oddiy detal emas — u 1875 yilda Turkiston hududida ilk bank tashkil etilganiga urg‘u beradi. Yozuvning ingliz tilida ifoda etilgani xalqaro hamkorlar uchun: “Bizning ildizlarimiz chuqur, hamkorlikka esa doimo ochiqmiz” degan xabarni beradi.
Xalq bankining bugungi logotipi oddiy belgi emas. U – barqarorlik, ishonch va jamiyat bilan birga oldinga intilish timsoli. Fasadlarda, mobil ilova va hujjatlarda aks etuvchi bu ramz aslida bitta ma’noni anglatadi:
Biz kechani unutmagan, bugunni qadrlagan va kelajakka intilayotgan bankmiz.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025