Andijonda 30 ming dollar sotayotgan “valyutafurush” qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida fuqaro M.X. xaridor M.O.ga 30 ming AQSH dollarini 255,6 million so‘mga sotishga kelishadi. 

M.O.dan kelishilgan summani olib, evaziga 20 ming AQSH dollarini qonunga xilof ravishda o‘tkazgan M.X. 10 ming AQSH dollarini keyinroq berishini aytib, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Lekin shu vaqtda u prokuratura departamantining Andijon viloyati boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan. 

2019 yil 18 may kuni sodir bo‘lgan mazkur holat yuzasidan M.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made