Andijonda 28 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Shahrixon tumanida qoraarcha (mojjevelnik) manzarali qimmatbaho daraxtlaridan jami 28 tupi kesib tashlangani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shahrixon tumani “Qo‘rg‘oncha” MFY hududidan o‘tgan A373-Andijon-Toshkent avtomagistral yo‘lining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan qoraarcha manzarali qimmatbaho daraxtlaridan jami 28 tupi  tegishli tartibda ruxsatnoma olmasdan, tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan kesib tashlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni undirish miqdori hisob-kitob qilinganda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan. Holat tuman prokuraturasiga oshirilgan.

Avvalroq, Toshkentning Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida  101 tup daraxt, shu jumladan, 92 tup eman, 1 tup chinor, 5 tup tut, 2 tup archa va 1 tup mevali behi daraxtining ildiz qismi shikastlangani haqida xabar bergan edik. 

Holat sabab Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov va prokurori Izzat Bozorov lavozimidan ozod etilgan edi. Mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va prokurori Ulug‘bek Qosimovga hayfsan berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon daraxt

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing