Andijonda 21 yoshli kelin o‘zini osib, joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 21 yoshli kelinning o‘z joniga qasd qilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holatga Andijon viloyati sudlari izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, marhumaning bir nafar farzandi ham bo‘lgan. Holat yuzasidan dastlabki sud majlisi joriy yilning 26 dekabr kuni boshlangan. Shunga qaramay, kelinning onasi qizining o‘limida kuyov tomon aybdor ekanligini da’vo qilganidan so‘ng, jinoyat ishi qayta ko‘rib chiqilgan. Ona qizidagi jarohatlar o‘limidan oldin bo‘lganini tibbiy ekspertiza tasdiqlagan bo‘lsa-da, sud bunga ahamiyat bermayotganini da’vo qilgan. Shu bois ayol sudga qayta da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

"JIB Oltinko‘l tumani sudiga JK 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 2-qismi "a" bandi bilan sudlanuvchi O.N.ga oid ish kelib tushgan", deyiladi xabarda.

Joriy yilning 20 fevral kuni mazkur sud ishi JIB Oltinko‘l tuman sudi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, hukm o‘qilgan. Unga ko‘ra, O.N. JKning 109-moddasi 2-qismi va 103-moddasi 2-qismi ”a” bandi bilan aybli deb topilgan. O.N.ga tayinlangan jazolarni JKning 59-moddasi tartibida qisman qo‘shib o‘tash uchun uzil-kesil 9 (to‘qqiz) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing