Andijonda 17 yoshli o‘smir tanishini pichoqlab o‘ldirdi (video) 

3-sahifa

image

Andijonda 17 yoshli o‘smir qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2026 yil 6 fevral kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 17 yoshli o‘smir o‘z tanishi bilan avvalroq o‘rtasida yuzaga kelgan nizo oqibatida janjallashib, xo‘jalik pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan holda qasddan o‘ldirgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi voyaga yetmagan shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada erkak bir yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgan edi. Unga nisbatan 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Andijon o'smir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing