Andijonda 15 yashar qiz bedarak yo‘qoldi
3-sahifa
−
02 aprel
32607Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida 2009 yilda tug‘ilgan qiz bedarak yo‘qoldi. Bu haqda bugun, 2 aprel kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qo‘rg‘ontepaning "Yuksalish" mahallasi, Taraqqiyot ko‘chasi 1-uyda yashovchi Umida Shuhratova Rustamjon qizi shu yilning 16 mart kuni soat 09:00 larda Qo‘rg‘ontepa tumani, "Navro‘z" MFY, Zarobod ko‘chasi 273-uyda yashovchi buvisi To‘xtaxon Sarimsoqova Rahmonberdiyevnaning yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
"2024 yilning 16 mart kuni nabiram Umidaxon uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Shu kundan beri qidirib kelyapmiz, lekin daragi yo‘q. Muqaddas Ramazon oyida nabiramni ko‘rgan-bilgan bo‘lsa ishonch raqamlari bilan bog‘lanishini so‘rayman. Iltimos, yordam bering", deya videomurojaat yo‘llagan qizning buvisi.
Ushbu bedarak yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan “102” ishonch raqamiga yoki Qo‘rg‘ontepa tumani IIBning 74-723-12-02, 90-142-59-19, 93-584-82-02 telefon raqamlariga xabar berishi so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada ikki nafar 18 va bir nafar 16 yoshli qiz bedarak yo‘qolgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr