Andijonda haydovchi uxlab qolib, YTH sodir etdi (video)
3-sahifa
−
24 Oktabr 2025 4184 1 daqiqa
Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida haydovchi uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtomobilga urildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat kecha, 23 oktyabr kuni soat 13:15 atrofida Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani, "Oqtepa" mahallasi hududidan o‘tgan D-105 "Farg‘ona halqa yo‘li"ning 132-kilometrida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi V.M. Nexia-3 mashinasini boshqarib ketayotganida uxlab qolgan. Oqibatda yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Nexia-3 ning bir nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 29 yoshli yigit 61 yoshli erkakni urib, qochib ketgandi.
Live
Barchasi