Asaka tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
04 mart 2020
8902Andijon viloyati Xalq deputatlari Asaka tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tashkiliy masala ko‘rilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Asaka tumani hokimi Erkinjon Yakubov lavozimidan ozod etilib, o‘rniga Bo‘ston tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Inomjon Mamadaliyev o‘tkazildi.
Erkinjon Yakubov esa Ulug‘nor tumaniga hokim bo‘lishi mumkin. Ulug‘norning amaldagi hokimi Doniyorbek Maqsudov qaysi lavozimga o‘tkazilayotgani hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval “Yuksalish” umummilliy harakati Andijon bo‘limi raisi Sadbar Mamitova Bo‘ston tumaniga hokimi etib tayinlandi.
LiveBarchasi