Andijon va Toshkentda 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanganlar fosh etildi
3-sahifa
−
19 Oktabr
2218Andijon va Toshkent viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida 1 milliard so‘mdan oshiq miqdorga teng elektr energiyasiga zarar berildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Xususan, Andijon viloyatining Andijon shahri va Andijon tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “K.R.” va “I.Ch.” MCHJlarning mas’ul shaxslari “R.” nomli choyxona hamda ishlab chiqarish sexida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga yashirin ulanib, jami 717,7 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.B.“ fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida 2 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 309,4 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh etilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan hozirda Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 4,8 milliard so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari aniqlangandi.
LiveBarchasi