Andijon va Namanganda suv ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Andijon va Namanganda suv ta’minoti tizimida nosozlik yuz bergani haqida xabar qilgandik. Xususan, Andijonda suv quvuri yorilib ketgandi.

“Namangan suv ta’minoti” MCHJ mutaxassislari va avariya xizmati tomonidan Namangan shahridagi yuqori bosimli magistral ichimlik suvi tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozliklar bartaraf etildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, “Namangan suv ta’minoti” MCHJ mutaxassislari va avariya xizmati tomonidan Namangan shahar suv ta’minoti bo‘limi tasarrufidagi “Paxtalikko‘l” suv uzatish inshootida D-1000 mmli yuqori bosimli magistral ichimlik suvi tarmog‘i va Namangan shahar “Ishonch” MFY “Uzumzor” ko‘chasidagi D-500 mmli magistral tarmoqlarda sodir bo‘lgan nosozliklar kecha, 11 yanvar kuni soat 18:25 da bartaraf etilib, aholi va boshqa iste’molchilarga bir maromda ichimlik suvi yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, “Xonobod-Andijon” markaziy suv quvurining Andijon tumani “Xortum” MFYga qarashli Archazor ko‘chasi hududida joylashgan qismida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari yakuniga yetgan.

Ayni paytda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

suv ta'minoti

Baholaganlar

7

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing