Andijon turmasi boshqa joyga ko‘chiriladi

Jamiyat

image

Andijon viloyatining Andijon shahrida joylashgan “Andijon turmasi” nomi bilan tanilgan 3-sonli tergov hibsxonasi ko‘chiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 aprel kuni viloyatda kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shahar markazida 100 yil oldin qurilgan ushbu tergov hibsxonasi shahar chekkasiga ko‘chirilishi, uning o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar savdo va servis markazi barpo etilishi belgilandi. Negaki kundan-kunga shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilib turgan vaqtda bunday “sovuq” binoning markazda bo‘lishi noto‘g‘ri ekani qayd etildi.

Bundan tashqari, Prezident mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib, yangi marshrutlar va viloyat sharoitiga mos avtobus rusumlarini aniqlab, taklif berishni topshirdi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida kecha, 15 aprel kuni Andijon viloyatiga yetib borgandi. Davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tayotgan xalq saylida so‘zga chiqib, Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi. Bugun, 16 aprel kuni viloyatda kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev viloyatga qo‘shimcha 1 trillion so‘m yo‘naltirilishini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Andijon tergov hibsxonasi Andijon turmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing