Andijon davlat universitetidagi o‘g‘rilik bo‘yicha 42 mlrd so‘m davlat foydasiga undirildi
Jamiyat
−
08 may
7853Andijon davlat universitetidagi o‘g‘rilik bo‘yicha davlat foydasiga 42 mlrd so‘m undirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov QALAMPIR.UZ’га ma’lum qildi.
O‘tgan yilning oktyabr oyida Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m naqd pul talon-toroj qilingani aniqlangan edi. Bunda:
- 25,1 mlrd so‘m stipendiya ortiqcha hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan,
- 9,3 mlrd so‘m to‘lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kiritilmagan;
- 2,7 mlrd so‘m talabalar uchun ajratilgan rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;
- 1,1 mlrd so‘m stipendiya 2 ming 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan ortiqcha hisoblanib, o‘zlashtirilgan;
- 911,8 mln so‘m talabalar yotoqxonasi ijarasidan tushgan naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan edi.
Vazir Sharipovning ma’lum qilishicha, o‘tgan davr mobaynida talon-toroj qilingan mablag‘lar bo‘yicha tergov surishtiruvi o‘tkazilgan va 42 mlrd so‘m pul Davlat byudjetiga qaytarilgan. U mazkur ish bo‘yicha tergov yakunlanish arafasida ekanini aytdi.
LiveBarchasi