Andijon hokimligi aldagan ayollardan biri o‘z joniga qasd qildimi?
Jamiyat
−
31 iyul 2019
7349Ijtimoiy tarmoqlar va xalqaro OAVda Andijon viloyatida kottej berilishi aytilib, yakunda hech narsa olmagan ayollardan biri Muyassar Rahimova o‘zi joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Xotin-qizlar qo‘mitasi Matbuot xizmati tarqatgan xabar asos bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan QALAMPIR.UZ`ga quyidagilarni ma’lum qildi.
Joriy yilning 23 iyul kuni soat 20:00 larda Andijon shahar, Qo‘shariq dahasi, 17-uy, 20-xonadonda yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan M.Rahimova va oila a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan. Natijada, ayol o‘zini yomon xis qilib “diazolin”, “glitsirin” va boshqa dori vositalarini iste’mol qilib zaharlanish tashxisi bilan RSHTYOIM Andijon filialiga yotqizilgan.
Shifokorlar tomonidan unga dastlabki tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, ichki a’zolari zaharlanishdan tozalanib, shu kunning o‘zida yashash xonadoniga ruxsat berilgan.
Hozirda M.Raximovaning zaharlanganligi holati yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi arafasida 6 ayolga uy berilishi aytilib, intervyu olingan va davlat rahbari tashrifidan keyin ayollar uydan chiqarib yuborilgandi.
LiveBarchasi