Andijon hokimi ko‘krak nishon bilan taqdirlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kommunal soha va aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak-nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda viloyat uy-kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 23 may kuni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyev ko‘krak nishonini hokimga topshirish chog‘ida Andijonda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda viloyatda 1 ming 623 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, ularning barchasi 297 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan qamrab olingan. 2017-2018 yillarda tijorat banklarining 127 milliard so‘mlik kreditlari hisobiga 1 ming 225 ta ko‘p qavatli uylarda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bundan tashqari, viloyat hokimi tashabbusi bilan 106 ta ko‘p qavatli uyning tom, fasad qismlari, kirish yo‘laklari ta’mirlangan, bolalar maydonchalari qurilib, tashqi yoritish tizimi o‘rnatilgan.

2019-2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, kapital va joriy ta’mirlangan 274 ta ko‘p qavatli uylar, tutash hududlaridagi obodonlashtirish ishlari uchun mahalliy byudjet hisobidan 14,4 mlrd. so‘m sarflanib, 10 mingdan ziyod aholini turmush tarzi yaxshilanishiga erishilgan.

Bundan tashqari 2018-2019 yillarda 134,9 milliard so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 905 kilometr suv tarmog‘i, 241 ta quduq, 3 ta inshootda qurilish ta’mirlash ishlari bajarilib, 62 mingdan ortiq xonadonda yashovchi 400 ming aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilangan.

Ma’lumot uchun, ushbu ko‘krak nishoni bilan mamlakat aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiyalarini o‘z vaqtida sifatli qurish va ta’mirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar har yili 18 aprel soha xodimlari kuni arafasida taqdirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi

Baholaganlar

129

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing