Anchelottining o‘g‘li “Lill”ga bosh murabbiy bo‘ldi

Sport

image

Braziliya terma jamoasining bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Anchelotti Fransiyaning “Lill” klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda fransuz klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

36 yoshli italiyalik mutaxassis o‘z faoliyati davomida bir qator klublar va milliy terma jamoalarda ishlagan. U “Lill” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

“Men juda faxrlanaman va baxtliman. Prezident Olive Letangga menga bildirgan ishonchi va taqdim etgan imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz batafsil suhbatlashdik va o‘zaro yaqinlikni his qildim, fikrlarimiz hamda qadriyatlarimiz mos keldi. “Lill” men uchun juda mos klub. Uning aniq o‘ziga xosligi, yuqori talablari va kuchli mehnat madaniyati bor. Bu jiddiy, katta maqsadlarga ega va raqobatbardosh klub bo‘lib, muntazam ravishda Yevropa musobaqalarida ishtirok etadi. Bugun “Lill” manfaatlarini himoya qilish men uchun katta sharaf”, dedi Anchelotti klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

2025–2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, “Lill” Fransiya Liga 1 da uchinchi o‘rinni egalladi. Natijada jamoa 2026–2027 yilgi UEFA Chempionlar ligasining asosiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Karlo Anchelotti “Lill'” Davide Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing