Rasman! “Manchester Siti” 100 mln yevrolik transferni amalga oshirdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi “Lill” klubidan 18 yoshli yarim himoyachi Ayyub Buaddini transfer qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ingliz klubi yosh futbolchi bilan 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Transfer qiymati rasman oshkor qilinmagan. Biroq OAV xabarlariga ko‘ra, “Manchester Siti” Buhaddi uchun taxminan 100 million yevro to‘lagan.

Yosh futbolchiga Yevropaning qator yetakchi klublari qiziqish bildirgan edi. Buaddi yoshiga qaramay, “Lill” safida 2025-2026 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Himoyaviy yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydigan Buhaddi o‘z avlodining eng istiqbolli futbolchilaridan biri hisoblanadi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Londonning “Tottenxem” jamoasi “Manchester Siti”ning braziliyalik qanot hujumchisi Savinoni o‘z safiga qo‘shib olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing