Rasman! Savino “Tottenxem”ga o‘tdi
Sport
−
15:04 288 1 daqiqa
Londonning “Tottenxem” jamoasi braziliyalik qanot hujumchisi Savinoni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, transferning umumiy qiymati 85 million funt sterlingni tashkil qiladi. “Tottenxem” dastlab 75 million funt to‘laydi, yana 10 million funt bonuslar ko‘rinishida nazarda tutilgan.
Savino “Manchester Siti” safida ikki mavsum o‘tkazib, 84 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 ta gol urdi. U “shaharliklar” bilan Angliya Kubogi va Liga Kubogida g‘olib bo‘lgan.
22 yoshli futbolchi Braziliya terma jamoasi safida 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur transfer “Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat sotuvga aylandi. Savinoning transferi avvalgi rekord egasi Xulian Alvaresning “Atletiko Madrid”ga 64 million funt sterlinglik transferidan qimmatroq bo‘ldi.
Live
Barchasi