Anchelottining “Real”dagi kelajagi aniq bo‘ldi
Sport
−
28 aprel 4312 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum so‘nggida jamoani tark etadi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Anchelotti chempionat so‘nggi turida “Real Sosedad”ga qarshi o‘yindan keyin lavozimidan ozod etiladi va Braziliya terma jamoasini qabul qilib oladi.
Qayd etilishicha, “Real Madrid”ni klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Santyago Solari yoki Raul Gonsales boshqaradi.
Ma’lumot o‘rnida, Anchelotti qo‘l ostida “Real Madrid” joriy mavsum barcha yo‘nalishdagi sovrinlar uchun kurashdan chiqdi. Dastlab Ispaniya Superkubogida “Barselona”, Chempionlar ligasi chorak finalida “Arsenal”, Ispaniya kubogi finalida “Barselona”ga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, La Ligada esa yetakchi “Barselona”dan 4 ochko orqada qolmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr