Anchelotti YeCHLda mutlaq rekordchiga aylandi
Sport
−
13 aprel 2023 7043 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchi va murabbiy sifatida Yevropa Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatdi. Bu haqda futbol jurnalisti Pedro Martin o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Anchelotti Yevropa Chempionlar ligasida 215 ta o‘yin o‘tkazgan. U 21 marta futbolchi, 194 marta esa murabbiy sifatida turnir o‘yinlarida qatnashgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u murabbiy sifatida 214 ta o‘yin o‘tkazgan Aleks Fergyusonni ortda qoldirdi. 3-o‘rinda 210 ta o‘yin (49 + 161) o‘tkazgan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Chempionlar ligasining birinchi chorak final uchrashuvida “Real” klubi o‘z maydonida “Chelsi”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Jamoalarning javob uchrashuvi 19 aprelga o‘tar kechasi Londondagi “Stemford Bridj” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust