Anchelotti Vinisiusdan nega norozi?

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 33-turida “Jirona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (2:4) hujumchi Vinisius Juniorning sariq kartochkalari ko‘pligiga izoh berdi. Uchrashuvda braziliyalik futbolchi mavsumdagi 14-ogohlantirishini oldi.

“14 ta sariq kartochka bu pozitsiyadagi  futbolchi uchun juda ko‘p. Men bu haqda Vinisius bilan bir necha bor gaplashganman”, deydi Anchelotti.

Qizig‘i, himoyachi Eder Militao va yarim himoyachi Eduardo Kamavinga “Real Madrid”da bir mavsumda eng ko‘p sariq kartochka olish bo‘yicha Vinisiusdan keyingi o‘rinni egallab turibdi, ikki futbolchida ham 8 ta kartochka mavjud.

“Real” “Jirona”ga yutqazib, Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida “Barselona”dan 11 ochko ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Karlo Anchelotti “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made