Anchelotti Shomurodovning murabbiysi bo‘lishi mumkin
Sport
−
05 fevral 2025 7846 1 daqiqa
Rimning “Roma” klubi rahbariyati Madridning “Real” klubi murabbiyi Karlo Anchelottini jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda “AS Diario” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rim klubi sobiq futbolchisini murabbiy sifatida olib kelishni rejalashtirmoqda. Raneri ketgan taqdirda Anchelotti asosiy nomzod bo‘ladi. Anchelottining o‘zi imkon qadar “Real Madrid”da qolishni istamoqda. Klubdan ketgan taqdirda ham murabbiylik faoliyatini yakunlashni istisno etmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Karlo Anchelotti futbolchilik faoliyati davomida 1979 yildan 1987 yilga qadar “Roma”da o‘ynagan. “Roma” ayni damga kelib, A Seriya 23-turidan keyin 31 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025