Anchelotti “Real”ning muvaffaqiyatsizliklariga izoh berdi
Sport
−
05 dekabr 2024 4427 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing 19-turidan o‘rin olgan “Atletik”ga qarshi o‘yindagi (1:2) mag‘lubiyatdan so‘ng “qaymoqranglilar”ning so‘nggi o‘yinlardagi yomon natijalari haqida gapirdi.
“Qisqa vaqt ichida barcha musobaqalarda beshta mag‘lubiyatga uchraganimiz g‘alati. Yaxshilashimiz kerak... Oxirgi o‘yinlarda ba’zi jihatlarda yaxshilandik, lekin hali o‘tgan yilgidek kuchli emasmiz. Oxirgi ikki mag‘lubiyat juda qiyin maydonlarda bo‘ldi. Endi biz asta-sekin futbolchilarni tiklaymiz va saviyamizni oshiramiz”, deydi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, madridliklar joriy mavsum barcha turnirlarda so‘nggi 11 o‘yinda 5 ta mag‘lubiyatga uchradi. Bungacha “Real” 73 ta o‘yinda 4 ta mag‘lubiyatga qayd etgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “qirollik klubi” oxirgi besh mavsumdagi antirekordini takrorlagani xabar qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr