Anchelotti “Real” afsonasining rekordini takrorladi

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar ligasidagi (YeCHL) o‘yinlar soni bo‘yicha rekordni takrorladi. Bu haqda “qirollik klubi” matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa, Anchelotti uchun umumiy bosqichning 8-turidan o‘rin olgan “Brest” bilan o‘yin (3:0) madridliklar ustozi sifatida yevrokuboklardagi 71-o‘yiniga aylandi. “Qaymoqranglilar”ning afsonaviy murabbiyi Migel Munos ham xuddi shunday ko‘rsatkichga ega.

Bu borada 3-o‘rinni esa "Real Madrid" bosh murabbiyi sifatida Chempionlar ligasida 60 ta o‘yin o‘tkazgan Visente del Boske band etgan. Zinedin Zidan hisobida 53 ta o‘yin bor, Joze Mourino esa yevrokuboklarning asosiy turnirida madridliklar boshqaruvida 36 ta o‘yin o‘tkazgan.

O‘z-o‘zidan YeCHL pley-off bosqichida o‘yin o‘tkazish orqali Karlo Anchelotti bu borada mutlaq rekordchiga aylanib oladi. “Real” YeCHL pley-off bosqichida “Manchester Siti” yoki “Seltik” jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anchelotti YeCHLning yangi formatini tanqid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing