Anchelotti YeCHLning yangi formatini tanqid qildi

Sport

image

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “qaymoqranglilar” Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagani va pley-off bosqichiga chiqqanidan so‘ng, 2024/2025 yilgi musobaqaning yangi formatini tanqid qildi.

“Juda ko‘p o‘yinlar o‘tkazildi. O‘yinlarni ko‘paytirish emas, kamaytirish kerak. Bu format menga yoqadimi yoki yo‘qmi, ahamiyati yo‘q, chunki juda ko‘p o‘yinlar bor... Biz Yevropa Chempionlar ligasining hozirgi formatini qabul qilib, davom etishimiz kerak”, deydi Anchelotti.

Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi natijalariga ko‘ra, “Real Madrid” 11-o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga chiqa olmadi. Shu munosabat bilan pley-off bosqichida Karlo Anchelotti shogirdlari yo “Seltik” yoki “Manchester Siti” bilan to‘qnash keladi. 31 yanvar kuni musobaqa pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing