Anchelotti Gvardiolani YeCHLdan 3 marta chiqarib yuborgan birinchi murabbiyga aylandi

Sport

image

Ispaniyaning “Real” klubi ustozi Karlo Anchelotti birinchi bo‘lib “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani 3 marta Yevropa Chempionlar Ligasidan chiqarib yubordi. Bu haqda “Squawka” xabar berdi.

Italiyalik mutaxassis boshchiligidagi Madrid klubi 1/4 final yakunlariga ko‘ra (3:3, 1:1, 4:3) “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi.

Anchelotti bilan “qirollik klubi” Gvardiolani 2022 yilda, shuningdek, 2014 yilda “Bavariya”ni boshqarganida yarim finaldan chiqarib yuborgan. Gvardiola jamoalarini musobaqadan chiqarib yuborganda “Real” doim turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikkala jamoa bosh murabbiylari ham uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Xosep Gvardiola Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing