Anchelotti Diasni klubda olib qolmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Braim Diasning jamoada qolishini istamoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, italiyalik murabbiy “Real”ning 24 yoshli futbolchisiga ishonadi va yarim himoyachi bilan ishlashni davom ettirmoqchi. Yozgi transfer oynasida Diasni “Milan”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Madridning “Real” klubi ayni damda 28 turdan keyin 69 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Joriy mavsumda Dias barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dias Marokash terma jamoasidan chaqiruv olgani xabar qilingandi.

24 yoshli futbolchi mart oyi oxirida Angola va Mavritaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Afrika terma jamoasi safida maydonga tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Karlo Anchelotti Braim Dias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing