Ana xolos! Uchtepada ham issiqlik ta’minoti qisman uzildi
Jamiyat
−
21 noyabr 2020 6149 1 daqiqa
Toshkentda kommunal xizmat xodimlari qishga yetarli darajada tayyorlanmagani noyabrning o‘zida ma’lum bo‘ldi. Dastlab Olmazor, keyin Chilonzor tumanlarida ko‘plab uylar avariya sabab issiqlik ta’minotidan uzilib qoldi.
Endi esa poytaxtning Uchtepa tumanida ham qator uylarda issiqlik ta’minoti vaqtincha o‘chirilidi. Bu haqda tuman hokimligi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Hokimlik Chilonzor tumanining magistral quvurida avariya holati yuzaga kelganligi sababli, bugun, 21 noyabrda Uchtepa tumanidagi 11-mavze “Tepaqo‘rg‘on” mahallasi hududidagi 41-53, 56-63, 1, 1a, 5, 49a, 50a-uylarida issiqlik ta’minoti soat 17:00 ga qadar to‘xtatilishini bildirgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28